Toshkentda mozaikali binodagi reklama banneri olib tashlandi

Toshkentda mozaikali binodagi reklama banneri olib tashlandi
Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Toshkent shahrida madaniy meros obyektlari qatoriga kiritilgan mozaikali binodan reklama banneri olib tashlandi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mart oxirlarida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ro‘yxatga kiritilgan mozaikalarning aksariyati Toshkentda joylashgan. Shuningdek, unda Nukus, Urganch, Xiva, Samarqand, Namangan, Andijon, Jizzax, Qo‘qon, Angren, Guliston va bir qancha tumanlardagi mozaikalar mavjud.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros agentligi bu borada chora-tadbirlarni amalga oshirib, Mirobod ko‘chasida joylashgan binodan reklama banneri olib tashlandi.
Toshkentda mozaikali binodagi reklama banneri olib tashlandi
Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Ushbu qarorga muvofiq mozaikali binolarga reklama bannerlarini o‘rnatish taqiqlanadi.

\"Agar siz milliy ro‘yxatga hali kiritilmagan mozaika yoki pannolar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, marhamat, mosaic@acdf.uz elektron pochtasi orqali xabar bering”, — deyiladi xabarda.
Toshkentda mozaikali binodagi reklama banneri olib tashlandi
Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Chilonzor tumanidagi uylardan birida belaruslik quruvchilar tomonidan yaratilgan mozaika bo‘yalgani haqida tarqalgan xabarlardan so‘ng Toshkent shahar hokimligi tomonidan uni tiklash chorasi ko‘rilgandi. Undan bir yil avval Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Parkent Plaza jamoasi bilan birgalikda Yunusobod tumanidagi uylarning birida bo‘yoq surilgan mozaikani to‘g‘rilash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.