Toshkent viloyatining uch hududida sifatsiz benzin sotayotgan AYOQSH aniqlandi

Toshkent viloyatining uch hududida sifatsiz benzin sotayotgan AYOQSH aniqlandi
Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Nurafshon shahrida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-92 rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘lgan.

Bu kabi holatlar Angren shahrida hamda Parkent tumanida joylashgan AYOQSHlarda ham aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.