G'ijduvonda kadastr mutaxassisi firibgarlikda ushlandi

G'ijduvonda kadastr mutaxassisi firibgarlikda ushlandi
G‘ijduvon tumanidagi davlat kadastrlari palatasi bo‘limida ishlovchi bosh mutaxassis firibgarlikda ayblanib ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

G‘ijduvon tuman Departamenti xodimlari hamda Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorlikda maxsus operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya davomida ushbu mutaxassis 2000 AQSH dollari miqdoridagi avansni olgan vaqtda qo‘lga olindi. U umumiy 4000 dollarga MSG \"Bobur\"da joylashgan davlat zaxirasiga kiruvchi besh sotix yerni boshqa shaxs nomiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni va’da qilgan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksidagi \"Firibgarlik\" hamda \"Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyatga qasd qilish\" moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Manba: UPL.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.