O‘zbek turistlari soni bir yilda 28,2% ga ko‘paydi

O‘zbek turistlari soni bir yilda 28,2% ga ko‘paydi

2025-yil yanvar–iyul oylarida 4,3 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xorijga sayohat qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28,2% ko‘p, deb Kursiv xabar berdi.

Eng mashhur yo‘nalishlardan biri Qirg‘iziston bo‘lib, unga 1,9 million o‘zbekistonlik borgan. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (799,4 ming) va Tojikiston (754,1 ming) qayd etilgan.

Shuningdek, Rossiyaga 274,3 ming, Saudiya Arabistoniga 151,7 ming, Turkiyaga 141,7 ming fuqaro turizm maqsadida chiqqan. Vetnamga 22,7 ming, Xitoyga esa 20,4 ming o‘zbekistonlik safar qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.