Surxondaryoda it bolalarini vahshiylarcha quloqlarini uzgan yigit qamaldi

Surxondaryoda it bolalarini vahshiylarcha quloqlarini uzgan yigit qamaldi

Surxondaryo viloyatida it bolalarining quloqlarini uzib tashlash aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi o‘rganish o‘tkazgan. Tekshiruvda Sherobod tumani \"Mehnatobod\" mahallasida yashovchi fuqaro O.Y. uchta it bolasiga nisbatan shafqatsiz muomala qilgani aytilgan.

Holat bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111 moddasi 2 qismi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish materiallari sudga yuborilgan. Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro O.Y.ga 10 kun ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.