Sirdaryoda bir ayolning yosh bolani vahshiylarcha do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi

Sirdaryoda bir ayolning yosh bolani vahshiylarcha do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi

Sirdaryoda bir ayolning yosh bolani vahshiylarcha do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlik aks etgan video keng tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, holat Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea ikki bola o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik ortidan kelib chiqqan. Videoda ayol boshqa bolani urib, unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘layotgani aks etgan.

Tarqalgan lavhalar foydalanuvchilar orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik ushbu holatga huquqiy baho berilishi va mas’ullar tomonidan choralar ko‘rilishini talab qilmoqda.

Hozircha voqea yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan batafsil ma’lumot berilmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi keskin fikrlar bildirilmoqda.



"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.