Halok bo‘lgan qush yonidan ketmagan maynalar tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'lmoqda

Halok bo‘lgan qush yonidan ketmagan maynalar tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'lmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda mayna qushlari bilan bog‘liq ta’sirli video keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Videoda halok bo‘lgan qush yonidan boshqa maynalar uzoqlashmayotgani aks etgan.

Kuzatuvlarga ko‘ra, qushlar turli ovozlar chiqarib, go‘yo o‘zining turkumidagi qush bilan “xayrlashayotgandek” taassurot qoldirgan. Hatto halok bo‘lgan qushni boshqa joyga olib qo‘yishganida ham maynalar yana uning oldiga qaytib kelgani aytilmoqda.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda turli fikr va talqinlarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar qushlarning bunday harakatini mehr-oqibat va sadoqat ramzi sifatida baholamoqda.

Izohlarda ayniqsa “Hatto qushlarda ham mehr bor, insonlardachi?” degan fikrlar keng tarqalib, video muhokama markaziga aylangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.