Qashqadaryoda mayor cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi

Qashqadaryoda mayor cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi

Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan voqea ko‘pchilikni befarq qoldirmadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimining tezkor va jasoratli harakati tufayli yana bir yosh hayot saqlab qolindi.

Hodisa 23 may kuni taxminan soat 17:00 atrofida Kitob tumanining “Bog‘bon” mahallasida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 9 yoshli bola velosipedda harakatlanib ketayotib, muvozanatini yo‘qotgan va ehtiyotsizlik oqibatida Qashqadaryo daryosiga tushib ketgan.

Oqim kuchli bo‘lgan daryoda bola cho‘kib ketish xavfi ostida qolgan. Aynan shu paytda yaqin atrofda yashovchi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi — mayor Husniddin Sharapov vaziyatni ko‘rib qolib, darhol yordamga oshiqgan. U ikkilanmasdan suvga tushib, bolani qutqarib qolgan.

Tezkorlik bilan amalga oshirilgan ushbu jasoratli harakat tufayli bola omon qolgan. Shundan so‘ng unga zarur tibbiy ko‘rik ko‘rsatilib, yaqinlariga topshirilgan. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilindi.

Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda ham iliq kutib olinib, ko‘plab foydalanuvchilar qahramon xodimga minnatdorlik bildirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.