UMS 10 dollarga «navbatsiz raqam olish» xizmatini ishga tushirdi


O‘tgan haftada faoliyatini boshlagan UMS aloqa operatori navbatsiz raqam olish xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lumotiga asoslanib «Kun.uz» xabar berdi.
Unga ko‘ra, kompaniyaning Toshkentdagi bosh ofislariga (Labzak va Oloy bozori yaqinidagi) ulanish uchun tashrif buyurgan mijoz katalogda mavjud bo‘lmagan, «chiroyli raqam» tarifiga mos bo‘lmagan raqamlarni olishni istasa, 10 AQSh dollari xizmat haqi to‘lashi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, kompaniya raqamning boshqa kishiga o‘tkazilishi xizmati hozirda ko‘rsatilmasligini ham ma’lum qilib o‘tgan.
Foto: Kun
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













