Qashqadaryoda “Prezident archasi”ga tayyorgarlik boshlandi

Qashqadaryoda “Prezident archasi”ga tayyorgarlik boshlandi
Qashqadaryoda “Prezident archasi”ga tayyorgarlik boshlandi

Qarshi shahridagi Mustaqillik maydoni, Navro‘z xiyoboni, Alisher Navoiy nomidagi bolalar madaniyat va istirohat bog‘ida Qorbobo va Qorqiz hamda ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomoshalar, konsert dasturlari boshlandi. Bu haqda O‘zAga asoslanib, “uz24.uz” nashri xabar beradi.

Xabarda aytilishicha, “Prezident archasi” tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat musiqali drama, qo‘g‘irchoq teatrlari aktyorlari, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandalari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, Qarshi shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Yangi yilning yangroq sadosi”, “Yangi yil sarguzashtlari” nomli ertak-tomoshalarni sahnalashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Viloyat teatrlarida 28 dekabrdan “Vatan ichra sayohat saodatdur” deb nomlangan teatrlashtirilgan bayram tadbirlari boshlanadi. Ushbu dasturlarda yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz hayotidagi yangilanish va o‘zgarishlar, sog‘lom bola tarbiyasi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z ifodasini topadi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.