Samarqand milisiyasi mehmonxonaning 12-qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan qiz hayotini saqlab qoldi

Samarqand milisiyasi mehmonxonaning 12-qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan qiz hayotini saqlab qoldi
Samarqand milisiyasi mehmonxonaning 12-qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan qiz hayotini saqlab qoldi

“Yaqinda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan voqea barchani ogoh va hushyorlikka, hamisha har narsaga e’tibor bilan qarashga chorlasa, ajab emas”, – deb yozadi O‘zbekiston IIVning “Postda” gazetasiga asoslanib kun.uz.

“Batalon xodimlari, serjant Sh. Esonqulov hamda safdor A. Sherbekov shaharning gavjum joylaridan birida xizmat vazifasini bajarishayotgandi. Shunda mehmonxonaning 12-qavatidagi balkonda turgan qizning xatti-harakati ular e’tiborini tortadi”, – deyiladi gazeta xabarida.

“Zudlik bilan mehmonxonaga kirib, qulflangan eshikni ochib, ichkariga kirishganda qiz o‘zini pastga tashlashga chog‘langan edi. Ammo xodimlarning tezkor harakati tufayli qizning hayoti saqlab qolindi”, – deya qo‘shimcha qilinadi gazeta xabarida.

Qizning kimligiga, u aynan qaysi mehmonxonaning 12-qavatidagi balkonda bo‘lganiga, shuningdek, voqea aynan qachon bo‘lganiga, qiz nima sababdan bunday harakatni amalga oshirganiga aniqlik kiritilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.