Yunusobodda bog‘cha bolalarining ovqatini o‘g‘irlagan oshpaz qo‘lga tushdi

Yunusobodda bog‘cha bolalarining ovqatini o‘g‘irlagan oshpaz qo‘lga tushdi
© anhor.uz

Yunusobod tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining oshpazi ovqat o‘g‘irladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBning «Ogoh» gazetasi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi bog‘chalardan birida oshpaz bo‘lib ishlaydigan 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro tarbiyalanuvchilar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlashga qaror qilgan.

U oziq-ovqat mahsulotlarini bog‘chadan yashirincha olib chiqib ketayotgan vaqtida Yunusobod tumani «Qo‘riqlash» xizmati xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga tushgan.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.