Munisa Rizayevaning kuchli energiyasi bitiruvchilarni hayratda qoldirdi!

Humo Arena’da bitiruvchilar uchun tashkil etilgan katta konsert dasturida xonanda Munisa Rizayeva ham ishtirok etdi. San’atkor o‘zining kuchli energiyasi va sahnadagi chiqishi bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi.
Munisa Rizayeva ayniqsa yangi trendga aylangan qo‘shig‘ini ijro etib, muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. Konsert davomida zaldagi tomoshabinlar xonandani iliq kutib oldi va qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lishdi.
Shuningdek, Munisa Rizayevaning o‘ziga xos sahna uslubi va obrazlari ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda. Ko‘pchilik uning ko‘rinishi va energiyasini konsertning eng yorqin lahzalaridan biri sifatida baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













