Temur Alixonovning Farida uchun tayyorlagan syurprizi tarmoqlarda shov-shuvga aylandi

Temur Alixonovning Farida uchun tayyorlagan syurprizi tarmoqlarda shov-shuvga aylandi

Xonanda, vayner va bloger Temur Alixonov turmush o‘rtog‘i Faridaga bergan va’dasini bajardi. U ijtimoiy tarmoqlarda joylagan videolarida o‘g‘il farzandli bo‘lishsa, turmush o‘rtog‘iga avtomobil sovg‘a qilishini aytgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, juftlik yaqinda Imron ismli o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Shundan so‘ng Temur Alixonov Faridaga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgan.

Tarqalgan videolarda Faridaning hayrat va quvonchga to‘la lahzalari aks etgan. Syurpriz paytidagi hissiyotli holatlar muxlislar e’tiborini tortmoqda.

Temur Alixonovning Farida uchun tayyorlagan syurprizi tarmoqlarda shov-shuvga aylandi

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvchilar Temur Alixonovni va’dasida turgani uchun maqtamoqda hamda yosh oilaga baxt va farovonlik tilab izohlar qoldirishmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.