Javohir Sindorov 42,5 ming dollarga ega bo‘ldi

Joriy yilning 14–23 may kunlari Super Chess Classic Romania 2026 turniri Bucharest poytaxtida o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston grossmeysteri Javohir Sindorov 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, 42,5 ming AQSH dollari mukofot puliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada natijalar quyidagi tartibda qayd etildi:
1.Vinsent Keymer (Germaniya) – 6 ochko ($100 000);
2.Fabiano Karuana (AQSH) – 5,5 ochko ($65 000);
3.Javohir Sindorov (O‘zbekiston) – 5 ochko ($42 500);
4.Uesli So (AQSH) – 5 ochko ($42 500);
5.Anish Giri (Niderlandiya) – 4,5 ochko ($18 000);
6.Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya) – 4,5 ochko ($18 000);
7.Jordan van Forest (Niderlandiya) – 4,5 ochko ($18 000);
8.Rameishbabu Pragnanandha (Hindiston) – 4,5 ochko ($18 000);
9.Bogdan-Daniel Dyak (Ruminiya) – 4,5 ochko ($18 000);
10.Alirizo Firuzja (Fransiya) – 1 ochko ($10 000).













