"Roma" Eldorning ketishiga tayyorlanmoqda, Mourino "Barsa" hujumchisini chaqirdi

"Roma" Eldorning ketishiga tayyorlanmoqda, Mourino "Barsa" hujumchisini chaqirdi
A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirishni maqsad qilgan \"Roma\" tarkibni kuchaytirmoqchi.

Italiya OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, rimliklar \"Barselona\" hujumchisi Abdusamad Ezzalzulini o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti. Qayd etilishicha, uning transferini aynan bosh murabbiy Joze Mourino talab qilmoqda.

Kelishuv shu yozdayoq amalga oshishi mumkin. Kataloniyaliklar 20 yoshli iste’dod sohibi uchun 10 million yevro mablag‘ so‘rayapti. \"Transfermarkt\" portali uni 8 millionga baholagan.

Ezzalzuli joriy mavsum \"ko‘k-anorranglilar\" libosida 12 o‘yin o‘tkazib, 1 bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.