Andrey Shevchenko Italiya klubini sotib olmoqchi

Andrey Shevchenko Italiya klubini sotib olmoqchi
“Jenoa”ning sobiq ustozi Andrey Shevchenko Italiyaning “Peskara” futbol klubini sotib olmoqchi. Manbaning xabariga ko‘ra, Shevchenko klubni Italiya monopolistik birlashmasi ko‘magida sotib olishni rejalashtirgan. Hozircha savdo summasi haqida ma’lumotlar mavjud emas.

Joriy mavsumda \"Peskara\" C Seriyada o‘ynamoqda, klub chempionatning pley-off bosqichiga chiqdi va 1/16 finalda \"Gubbio\"ga qarshi maydonga tushadi.

\"Peskara\" ayni damda 65 ochko bilan turnirda beshinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rindagi \"Modena\" 88 ochko to‘plagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.