O‘zbekiston afsonalariga qarshi o‘ynaydigan Italiya tarkibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston afsonalariga qarshi o‘ynaydigan Italiya tarkibi ma’lum bo‘ldi
Toshkentda 2022 yilning 18 may kuni Italiya va O‘zbekiston futboli afsonalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi.

Mazkur o‘yinga tashrif buyuradigan mehmonlar ro‘yxati O‘FAda o‘tkazilgan 6 may kungi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar qilmoqda «Daryo».

Quyidagi Italiya futboli afsonalari O‘zbekistonga qarshi bahs olib boradi.

Kristian Abbiati, Dario Shimich, Luka Antonini, Kristian Zakkardo, Kristian Zenoni, Eduardo, Aldair, Vensan Kandela, Luiji di Byadjo, Anjelo Karbone, Marek Yankulovskiy, Serjino, Lyudovik Jyuli, Robson Toledo, Alberto Jilardinyo, Daniele Massaro, Vinchenso Yakvinta.

Media-tadbirlar 17 may kuni «Bunyodkor» stadionida, jamoalar o‘rtasidagi o‘yin esa 18 may kuni «Paxtakor» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.