"Ayntraxt" sardori: "Biz ushbu muvaffaqiyatga loyiq edik"

"Ayntraxt" sardori: "Biz ushbu muvaffaqiyatga loyiq edik"
Sebastyan Rode jamoasining Yevropa Ligasi finalida \"Reynjers\" ustidan qozonilgan g‘alabasi (1:1, pen 5:4). xususida to‘xtaldi.
31 yoshli germaniyalik yarim himoyachining aytishicha, \"burgutlar\"ning yevroturnirdagi muvaffaqiyati qaysidir futbolchining emas, balki butun jamoaning yutug‘idir.

\"Bu jamoa aql bovar qilmaydigan darajada. Barchamiz ushbu muvaffaqiyatga loyiq edik, bundan juda xursandmiz. Qiyin yo‘lni bosib o‘tdik va ko‘p narsa xavf ostida edi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi butun mavsumda bo‘lgani kabi aqldan ozdiradigan darajada edi. Barchamiz uchun unutilmas sayohat bo‘ldi. Bunga chindan haqli edik\", – dedi Rode.
"Ayntraxt" sardori: "Biz ushbu muvaffaqiyatga loyiq edik"
Xabaringiz bor, Rode final o‘yinida \"Reynjers\" yarim himoyachisi Jon Landstryom bilan to‘qnashib ketdi. Glazgo jamoasi futbolchisi Rodening yuziga tepdi – germaniyalik futbolchi jiddiy jabr ko‘rdi. \"Ayntraxt\" sardoriga shifokorlar yordami zarur bo‘ldi, biroq oradan biroz vaqt o‘tib u o‘yinni davom ettira oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.