Bobur Abdixoliqov to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol peshqadamlik qilmoqda

Bobur Abdixoliqov to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol peshqadamlik qilmoqda
Belarus Oliy divizioni 9-turida “Energetik-BGU” 2:0 hisobida \"Arsenal Zerjinsk\"ni mag‘lub etdi.

Uchrashuvda hisobni ochgan Bobir Abdixoliqov musobaqa joriy mavsumidagi gollari sonini 10 taga yetkazga holda to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobida bitta assist ham bor. O‘zbekistonlik hujumchining eng yaqin ta’qibchisi Dembo Darbo (“Shaxtyor Soligorsk”) hisobida beshta gol mavjud.

Eslatib o‘tamiz, “Energetik-BGU” Belarus chempionatida 19 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam BATE hisobida esa 20 ball bor. Jamoani oldinda 29 may kuni turnir jadvalida 7-pog‘onada turgan “Slaviya Mozir”ga qarshi o‘yin kutmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.