Ten Xag Ronaldu bo‘yicha qarorini aytdi

Ten Xag Ronaldu bo‘yicha qarorini aytdi
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa to‘purari Krishtianu Ronaldu bo‘yicha qarorini ma’lum qildi.

- Albatta, Ronaldu mening rejalarimga kiradi. Krishtianu ko‘p gol uradigan o‘yinchi. Lekin men hamkorlikdan avval u bilan gaplashib olaman. Chunki nima istayotganini aniq bilishim kerak, - dedi Erik ten Xag.

Portugaliyalik yulduz manchesterga qaytganidan beri Angliya premer-ligasida 18 ta va Chempionlar ligasida oltita to‘p kiritdi.

Ronalduning amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi. Agar Krishtianu jamoada qolsa, 15 yildan beri Chempionlar ligasida uzluksiz qatnashib kelayotgan seriyasi to‘xtaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.