Konferensiyalar ligasining eng zo‘r futbolchisi “Roma”da o‘ynaydi

Konferensiyalar ligasining eng zo‘r futbolchisi “Roma”da o‘ynaydi
Yevropa futbol uyushmalari federatsiyasi – UYEFA o‘z tasnifidagi uchinchi musobaqa – Konferensiyalar ligasining dastlabki mavsumi sarhisoblarini davom ettirmoqda.

Xalqaro tashkilot “Roma”ning g‘alabasi bilan yakunlangan musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb Rim jamoasi sardori Lorenso Pellegrinini e’tirof etdi.

25 yoshli pleymeyker mavsum davomida ushbu turnir saralash va asosiy bosqichlarida jami 12 ta o‘yin o‘tkazdi.

Pellegrini bu vaqt mobaynida raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

Shuningdek, hujumkor futbolchi hisobida A Seriyada o‘tkazilgan 28 ta uchrashuv, to‘qqizta gol va beshta assis bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.