Eron U-23 bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya: "Bizda tayyorgarlik uchun vaqt kam bo‘ldi"

Eron U-23 bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya: "Bizda tayyorgarlik uchun vaqt kam bo‘ldi"
U-23 Osiyo kubogi \"A\" guruhi 1-turidan o‘rin olgan Eron – Qatar bahsidan oldingi matbuot anjumanida eronliklar bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya va jamoa sardori Yosin Salmoni ishtirok etdi.

- Musobaqa haqida fikrlaringiz...
\"Bizda tayyorgarlik uchun kam vaqt bo‘ldi. Asosan, mahalliy klublar va Iroqqa qarshi o‘ynadik. Aynan oxirgi 2 ta o‘yinimiz Iroqqa qarshi kechdi\", – dedi bosh murabbiy Mehdi Mahdavikiya.

\"Bu yerga yaxshi o‘yin ko‘rsatish uchun keldik. Turnirda yaxshi natija qo‘lga kiritishga harakat qilamiz\", – dedi Yosin Salmoni.

- Guruhdagi raqiblar xususida qanday fikrdasiz?
- Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Ularga nisbatan hurmatimiz baland. E’tiborimizni o‘z o‘yinimizga qaratamiz.

- Ushbu musobaqaga kelishdan oldin bir nechta Ali Rizo Rizoiy va boshqa futbolchilar ayrim sabablarga ko‘ra tarkibga kira olmadi?
- Bu biz uchun katta yo‘qotish emas. Barcha pozitsiyalarda iqtidorli futbolchilarimiz bor. O‘ylaymanki, bu musobaqada bizga xalaqit qilmaydi.

- Eron terma jamoasi sardoriga savol. Qatarga qarshi o‘yindan nimalarni kutyapsiz?
- Balki biz juda yosh jamoadirmiz, lekin yaxshi tayyyorgarlik olib bordik. Ijobiy natija ko‘rsatishga kuchimiz yetadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.