Vladimir Nazarov: "Men penaltilar seriyasida har doim kuchliman!"

Vladimir Nazarov: "Men penaltilar seriyasida har doim kuchliman!"
U-23 Osiyo Kubogi 1/4 finali doirasidagi O‘zbekiston – Iroq bellashuvidan so‘ng (2:2, pen. 3:2) uchrashuv qahramoni, darvozabon Vladimir Nazarov fikrlarini bildirdi.

- Qizil kartochkadan so‘ng sizga ishonch bildirildi. O‘shga paytda nimani his qildingiz?
- Maydonga tushayotganda o‘yindagi penalti borasida menga katta mas’uliyat yuklatilganini bilardim. Afsuski, uni bartaraf etolmadim.

- O‘zbekiston penaltilar seriyasi orqali g‘alaba qozondi. Qanday hissiyotlarni boshdan kechiryapsiz?
- Men penaltilar seriyasida har doim kuchliman! Yutishimizga va 1-2 ta penaltini qaytarishimga ishonchim komil edi. Jamoadoshlarim ham menga doimo ishonishgan, ularga rahmat!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.