"Neftchi" lageridan daraklar. Ilhom Mo‘minjonov o‘z arizasiga ko‘ra "Neftchi"dan ketdi

"Neftchi" lageridan daraklar. Ilhom Mo‘minjonov o‘z arizasiga ko‘ra "Neftchi"dan ketdi
Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan. Ushbu mutaxassis 2021 yil boshida \"Neftchi\" bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning boshqaruvida farg‘onaliklar o‘tgan mavsum Pro ligada g‘olib chiqib Superligaga yo‘llanma oldi.

Joriy yil elitaning birinchi davrasidan so‘ng \"Neftchi\" 13ta uchrashuvda 2ta g‘alaba, 5ta durang, 6ta mag‘lubiyat qayd etgan holda 11 ochko bilan 13 o‘rinda ketmoqda. O‘zbekiston kubogida esa o‘z ishtirokini guruh bosqichida yakunladi.

\"Neftchi\"ga qadar Ilhom Mo‘minjonov \"Navbahor\" va qisqa vaqt \"Surxon\" jamoasida faoliyat yuritganini aytib o‘tish joiz.
"Neftchi" lageridan daraklar. Ilhom Mo‘minjonov o‘z arizasiga ko‘ra "Neftchi"dan ketdi
Yana bir ma’lumot, klub bosh direktori Zohid G‘ofurov ham bo‘shash uchun ariza yozgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.