"Real" darvozasiga gol urgan o‘zbek futbolchisi jamoasiz qoldi

Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev 2021 yilning fevral oyida Varshavaning “Legiya” jamoasiga kelib qo‘shilgan edi. U Polshaning 15 karra chempioni safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Yaxshiboyev so‘nggi oylarni Moldovaning \"Sherif Tiraspol\" klubida ijarada o‘tkazdi. U bu jamoa safida milliy chempionatda oltita, Yevropa ligasida 2 ta va Chempionlar ligasida 3 ta o‘yinda ishtirok etdi. E’tiborlisi, Jasur YECHL guruh bosqichida Madridda \"Real\" darvozasiga gol urdi va o‘sha o‘yinda jamoasi sensatsion tarzda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Kecha \"Legiya\" Jasur Yaxshiboyev bilan shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilinganini e’lon qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Yaxshiboyev so‘nggi oylarni Moldovaning \"Sherif Tiraspol\" klubida ijarada o‘tkazdi. U bu jamoa safida milliy chempionatda oltita, Yevropa ligasida 2 ta va Chempionlar ligasida 3 ta o‘yinda ishtirok etdi. E’tiborlisi, Jasur YECHL guruh bosqichida Madridda \"Real\" darvozasiga gol urdi va o‘sha o‘yinda jamoasi sensatsion tarzda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Kecha \"Legiya\" Jasur Yaxshiboyev bilan shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilinganini e’lon qildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













