“Roma” katta transferni tezlashtirdi

“Roma” katta transferni tezlashtirdi
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto “Sassuolo”dagi hamkasbi Jovanni Karnevale bilan 22 yoshli yarim himoyachi Davide Frattezi transferini tezlashtirish maqsadida muzokara o‘tkazdi.

Frattezi aslida Rim klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning o‘zi ham poytaxtga qaytishga shoshilmoqda.

Tyagu Pinto o‘yinchining agenti Juzeppe Riso bilan futbolchiga taklif qilinadigan shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan.

Frattezi o‘tgan mavsumda 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlarining to‘rtta goliga hammualliflik qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.