Superliganing iyun oyidagi eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi

Superliganing iyun oyidagi eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliganing iyun oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb \"Olimpik\" ustozi Timur Kapadze topilganini ma’lum qildi.

Kapadze boshqaruvidagi jamoa o‘tgan oy 4 o‘yin o‘tkazib, ularda 1 g‘alaba va 3 durang qayd etdi. To‘plar nisbati esa - 4:3.
Superliganing iyun oyidagi eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi
Aytish kerakki, ushbu nomga dav’ogarlar orasida Kapadzedan tashqari Viktor Karpenko (“Bunyodkor” – 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 4:3), Samvel Babayan (“Navbahor” – 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 3:2), Slavche Voyneski (“Paxtakor” – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 6:3) va Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf” – 4 o‘yin, 1 g‘alaba, 3 durang, to‘plar farqi 7:5) kabi mutaxassislar ham bor edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.