Shomurodovning agenti legionerimizning kelajagi haqidagi savolga javob berdi

So‘nggi paytlarda Eldor Shomurodovning \"Roma\"dan ketishi borasidagi gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Rossiyaning \"Metaratings\" sayti legionerimizning agenti Qahhor Mo‘minov bilan bog‘lanib, mish-mishlarga izoh so‘radi.
\"Transfer oynasi vaqtida turli xil variantlar bo‘lishi tabiiy. Faqatgina bir narsani aytishim mumkin: Eldor - \"Roma\" futbolchisi. Qolgan barchasi OAV tarqatgan taxminlar, xolos. O‘zgarish bo‘lishi mumkin, men hech narsani istisno qilmayman\", - dedi Mo‘minov.
Avvalroq, Shomurodovga A Seriyaning boshqa jamoalari va Rossiya Premer ligasidan taklif borligi haqida xabar qilingandi.
27 yoshli legionerimiz \"bo‘rilar\" safiga o‘tgan mavsum avvalida \"Jenoa\"dan borib qo‘shilgandi. Bu vaqt oralig‘ida u 39 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 gol va 6 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Transfer oynasi vaqtida turli xil variantlar bo‘lishi tabiiy. Faqatgina bir narsani aytishim mumkin: Eldor - \"Roma\" futbolchisi. Qolgan barchasi OAV tarqatgan taxminlar, xolos. O‘zgarish bo‘lishi mumkin, men hech narsani istisno qilmayman\", - dedi Mo‘minov.
Avvalroq, Shomurodovga A Seriyaning boshqa jamoalari va Rossiya Premer ligasidan taklif borligi haqida xabar qilingandi.
27 yoshli legionerimiz \"bo‘rilar\" safiga o‘tgan mavsum avvalida \"Jenoa\"dan borib qo‘shilgandi. Bu vaqt oralig‘ida u 39 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 gol va 6 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













