Anchelotti “Real”dan ketishi kerak bo‘lgan 4 futbolchi nomini ochiqladi

Anchelotti “Real”dan ketishi kerak bo‘lgan 4 futbolchi nomini ochiqladi
\"Real\" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bir necha futbolchilar bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan keyin shunday fikrga kelgan.

Anchelottining “qora ro‘yxati”dan joy olgan futbolchilar quydagicha: qanot himoyachisi Alvaro Odriosola, vinger Lukas Vaskes va hujumchi Borxa Mayoral. Shuningdek, hujumchi Mariano Dias ham jamoani tark etadi. Mazkur futbolchilar mavsumoldi tayyorgarlik paytida “Real” ustozi ishonchini qozona olmagan.

Eslatib o‘tamiz, ikki haftadan so‘ng “qaymoqranglilar” Frankfurtning “Ayntraxt” klubiga qarshi Yevropa Superkubogi doirasidagi bahsda maydonga tushadi. Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi g‘oliblari o‘rtasidagi uchrashuvi 10 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.