Taekvondo. 10 nafar sportchimiz Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi

Taekvondo. 10 nafar sportchimiz Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi
Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakuniga yetdi.

Musobaqada o‘zbekistonlik 16 nafar taekvondochi ishtirok etdi va ularning 10 nafari sovrindor bo‘ldi. Laylo Hasanova barcha raqibalarini mag‘lub etib, Jahon chempioni bo‘ldi. Musobaqa tashkilotchilari aynan Hasanovani \"Eng yaxshi taekvondochi qiz\" deb topishdi.

Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan barcha o‘zbekistonlik taekvondochilar:

Oltin - Laylo Hasanova
Kumush - Dilmurod Ma’rufjonov
Bronza - Sofiya Xan
Bronza - Ahadjon Muxtorov
Bronza - Javohir Hidoyatov
Bronza - Nigora A’zamjonova
Bronza - Omina Ergasheva
Bronza - Rozalina Tolibjanova
Bronza - Ominaxon Kamalova
Bronza - Mubina Bobosaidova.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.