Turkiyaning yekakchi klubi Eldor Shomurodov borasida "Roma" bilan muzokara boshladi

Turkiyaning yekakchi klubi Eldor Shomurodov borasida "Roma" bilan muzokara boshladi
Bir necha kundan beri “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov transferi borasidagi “serial” tinmayapti. Xususan, bugun taniqli insayder Nikolo Skira “Bolonya” hujumchi bilan kelishib olgani va dushanba kuni rasman shartnoma imzolashi haqida xabar berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi sardorida “Torino”, “Sassuolo” va Angliyaning “Vulverxemton” jamoalari qiziqish bildirgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Turkiyaning “Sabah.com.tr” nashrining xabariga ko‘ra, “Trabzonspor” klubi ham futbolchi uchun kurashga qo‘shilgan. Manbaning ta’kidlashicha, turk klubi ayni paytda “Roma” bilan Shomurodovning transferi borasida muzokara boshladi. “Qizil-ko‘klar” Eldorni ijaraga olish haqida o‘ylamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Shomurodov yakuniga yetgan mavsum Italiya A seriyasi doirasidagi 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol va 4 golli uzatma muallifiga aylangan. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 8 million yevroga baholagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.