"Nasaf" bugungi g‘alabadan so‘ng ikki pog‘ona yuqoriladi (turnir jadvali)

"Nasaf" bugungi g‘alabadan so‘ng ikki pog‘ona yuqoriladi (turnir jadvali)
O‘zbekiston Superligasi 11-turidan qoldirilgan \"Dinamo\" - \"Nasaf\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bellashuvda qarshiliklar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

\"Ajdarlar\"ning o‘yindagi ilk goliga jamoaga yangi qo‘shilgan legioner Alen Masovich mualliflik qilgan bo‘lsa, keyinchalik Husayn Norchayev penaltidan gol kiritib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Shuningdek, Dilshod Saitov va G‘olib G‘aybullayev ham bittadan gol kiritishni uddaladi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng qarshiliklar Superliga turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Quyida turnir jadvalidagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
"Nasaf" bugungi g‘alabadan so‘ng ikki pog‘ona yuqoriladi (turnir jadvali)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.