“Roma” chempion bo‘lolmaydi!

“Roma” chempion bo‘lolmaydi!
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Roma”ni yangi mavsum favoritlari orasiga qo‘shmadi.

- Menimcha, Italiya chempionaligi uchun kurashda “Milan”, “Inter” va “Yuventus”ning imkoniyati ko‘proq. Ulardan keyingi o‘rinlar uchun “Roma” va “Napoli” kurashishi mumkin, - dedi Roberto Manchini La Gazzetta dello Sport nashriga.

Qizig‘i shundaki, “Roma”da Roberto Manchinining o‘g‘li Janluka to‘p tepadi. Bundan tashqari, Joze Mourino yozgi transferlar vaqtida jamoaga hujumchi Paulo Dibala, yarim himoyachilar Jordino Veynaldum va Nemanyani Matichni olib keldi.

Shunga qaramay, Italiya terma jamoasi ustozi rimliklarning Skudetto uchun kurashdagi imkoniyatini ancha past baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.