Ispaniya La Ligasi, 24-tur: "Barselona" o‘z uyida "Malaga"ga mag‘lub bo‘ldi

Ispaniya La Ligasi, 24-tur: "Barselona" o‘z uyida "Malaga"ga mag‘lub bo‘ldi
Ispaniya La Ligasi, 24-tur: "Barselona" o‘z uyida "Malaga"ga mag‘lub bo‘ldi

Kataloniyaning \"Barselona\" klubi Ispaniya La Ligasi 24-turida kutilmaganda o‘z uyida \"Malaga\" klubiga mag‘lub bo‘ldi.

O‘yinning 7-daqiqasida Dani Alvesning xatosidan foydalangan \"Malaga\" futbolchilari qarshi hujumda hisobni ochishdi. Xuanmi \"Barselona\" darvozaboni Bravo bilan yakkama-yakka chiqib ketdi va unga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

O‘yinning birinchi bo‘limi qolgan daqiqalarida \"Barselona\" futbolchilarida bir qator imkoniyatlar bo‘ldi, ammo Kameni darvozasi ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham mezbonlar raqibini jarima maydoniga qamab qo‘yishdi ammo, golli vaziyatlarni sodir etishda ancha qiynalishdi. \"Malaga\" esa himoyada bexato o‘ynadi va \"Barselona\" futbolchilariga imkon berishmadi. O‘yin yakunigacha \"Barselona\" futbolchilari \"Malaga\" darvozasiga yo‘l topa olishmadi va shu tariqa \"Kamp Nou\"da turning eng sensasion natijasi qayd etildi - 0:1.

Ta’kidlash lozim, \"Malaga\" ushbu mavsumda \"Barselona\"dan har ikkala o‘yinda gol o‘tkazib yubormagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. \"Malaga\" maydonida bo‘lib o‘tgan birinchi davradagi uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan edi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, \"Barselona\" \"Real\"ga etib olish imkoniyatini yana bir bor qo‘ldan chiqardi.

Ispaniya La Ligasi, 24-tur.

\"Barselona\" - \"Malaga\" 0:1

Gol: Xuanmi (7).
Barselona: Bravo, Dani Alves (Maskerano, 73), Pike, Alba, Mate, Rafinya (Rakitich, 63), Buskets, Inesta (Pedro, 67), Neymar, Messi, Suares.
Malaga: Kameni, Anxeleri, Rosales, Veligton, Torres, Samu (Boka, 85), Resio, Orta (Duda, 79), Darder, Kastilexo, Xuanmi (Anor, 50).
Ogohlantirishlar: Rafinya (12), Veligton (49), Resio (62), Pike (79), Neymar (87), Duda (90), Alba (90).

Manba: stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.