Benzema va Anchelotti Yevropada tengsiz deb topildi

Benzema va Anchelotti Yevropada tengsiz deb topildi
Foto: Getty Images
UYEFA o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi va murabbiyi nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «Real» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Karim Benzema Yevropaning 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. U o‘tgan mavsum Madrid klubi bilan La Liga chempioni, UYEFA Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa Superkubogi sohibi hamda YECHL to‘purariga aylangandi.

Fransiyalik 34 yoshli hujumchidan tashqari, «Real» va Belgiya milliy jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua hamda «Manchester Siti» va Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne ham sovringa da’vogar edi.
Benzema va Anchelotti Yevropada tengsiz deb topildi
«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Italiyalik mutaxassis bu borada Yurgen Klopp («Liverpul») va Pep Gvardiolani («Manchester Siti») ortda qoldirdi.
Benzema va Anchelotti Yevropada tengsiz deb topildi
Ma’lumot uchun, Anchelotti qo‘l ostida «Real» o‘tgan mavsum YECHL va La Liga g‘olibiga aylangan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.