"VVFC-4" turnirining 2-markaziy jangida "Gorilla" "Surxon bahodiri"ga qarshi

"VVFC-4" turnirining 2-markaziy jangida "Gorilla" "Surxon bahodiri"ga qarshi
29 sentabr kuni Toshkent shahri yana bir professional MMA kechasiga mezbonlik qiladi. Yurtimizda tashkil etilgan VVFC promousheni o‘zining 4-turnirini tashkil etmoqda.

Mazkur jang oqshomida yurtimizning mahoratli jangchilari bilan bir qatorda xorijdan taklif etilgan sportchilar ham oktagonga ko‘tariladi.

Jumladan, turnirning 2-markaziy jangida iste’dodli hamyurtlarimiz Eldor Eronov hamda Bobur \"Gorilla\" Abdulazizov to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, Eronov professional faoliyati mobaynida 9 ta g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, Abdulazizovning rekordi 7-4 ko‘rinish olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.