Ular juda ayyor! Mourino “Udineze”dan qo‘rqyapti

Ular juda ayyor! Mourino “Udineze”dan qo‘rqyapti
A Seriyaning beshinchi turida “Roma” safar uchrashuvida “Udineze” bilan kuch sinashadi. Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino raqib o‘yinchilarning ayyorligi hakamga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini aytib o‘tdi.

- “Udineze juda kuchli jamoa. Ligadagi eng murakkab raqiblardan. Bu jamoa qanday o‘ynashni biladi. Ular aqlli va ayyor. Ularda hakamga ta’sir o‘tkazish uchun aqlu-zakovat va katta tajriba bor\", - dedi Joze Mourino.

“Udineze” va “Roma” o‘rtasidagi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

“Roma” chempionatning dastlabki to‘rtta uchrashuvida uchta g‘alaba va bitta durang qayd etgan. Bugungi o‘yindagi g‘alaba poytaxt jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.