Elmurod Tasmurodov "Rio–2016" o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Elmurod Tasmurodov "Rio–2016" o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Elmurod Tasmurodov "Rio–2016" o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Elmurod Tasmurodov Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda o‘tkazilayotgan birinchi jahon lisenzion turnirida bronza medaliga ega bo‘ldi.

Saralash musobaqalarida Isroil, Shvesiya va Vengriya terma jamoasi a’zolarini mag‘lub etgan Elmurod Tasmurodov yarim finalda Janubiy koreyalik Syongxak Kimga imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik sportchi bronza medali uchun kechgan bellashuvda bolgariyalik Serafim Angelovni 8:0 hisobida engdi.

Qoidaga ko‘ra, bronza medali sohiblari Olimpida o‘yinlarining lisenziyalari uchun o‘zaro bahs yuritadi. Ushbu bellashuvda Elmurod gruziyalik raqibi Revaz Lashxini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Rio–2016 o‘yinlarining yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.