"Bunyodkor"ning yangi bosh murabbiyi: "Hozir kelajakni emas, navbatdagi uchrashuvni o‘ylayapmiz"

"Bunyodkor"ning yangi bosh murabbiyi: "Hozir kelajakni emas, navbatdagi uchrashuvni o‘ylayapmiz"
\"Bunyodkor\" bugun tushdan so‘ng yangi bosh murabbiy Ivan Boshkovich bilan ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Bugungi mashg‘ulotlarda Boshkovichga Abduhamid Qodirov yordam berdi. Shuningdek, Murod Zuhurov darvozabonlar bilan ishladi. Tez orada murabbiylar shtabi a’zolari to‘liq tasdiqlanadi.

Avvalo ishonch uchun klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Bilaman, jamoani qiyin vaziyatda qabul qilib oldim. Lekin bu bizni qo‘rqitmaydi va astoydil mehnat qilamiz. Oldimizga qo‘yilgan vazifa har bir o‘yinda g‘alaba qozonish, maksimal natijaga erishish. Hozir kelajakni emas, navbatdagi uchrashuvni o‘ylayapmiz”, - dedi Ivan Boshkovich.

\"Bunyodkor\" klubi matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.