Paulo Dibala A Seriyada so‘nggi 10 yillikdagi rekordni takrorladi

Paulo Dibala A Seriyada so‘nggi 10 yillikdagi rekordni takrorladi
«Roma» hujumchisi Paulo Dibala Italiya A Seriyasi 6-turi doirasida kechgan «Empoli»ga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) gol urdi.

28 yoshli futbolchi liga doirasidagi so‘nggi to‘rtta o‘yinda uchta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Bu Dibala uchun A Seriyada jarima maydoni tashqarisidan urilgan 27-gol bo‘ldi.

Paulo A Seriyada debyut qilgan 2012 yildan shu vaqtga qadar hech qaysi futbolchi jarima maydoni tashqarisidan buncha to‘p kiritmagan. «Napoli» sobiq futbolchisi, hozirda «Galatasaroy»da to‘p surayotgan Dris Mertensda ham xuddi shuncha gol bor.

«Roma» 2022 yilning yozida «Yuventus»ni erkin agent maqomida tark etgan argentinalikni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.