O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Slovakiya ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Slovakiya ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Slovakiyalik tengdoshlari bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Dastlab, 5-daqiqada Po‘latxo‘ja Holdorxonov penaltidan gol urib, uchrashuvda hisobni ochdi. 25-daqiqada Abbosbek Fayzullayev oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.

O‘zbekiston – Slovakiya 2:0
\"Lokomotiv\" stadioni
Gol
: Po‘latxo‘ja Xoldorhonov penalti 5\', Abbos Fayzullayev 25\'

O‘zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 4.Abubakir Ashurov, 6.Jahongir O‘razov, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorhonov, 8.Behruz Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliyev, 14.Abbos Fayzullayev, 15.Abduqodir Husanov, 17.Nodirbek Abdurazaqov, 19.Zafarmurod Abdurahmatov, 20.Mahmud Mahamadjonov.
Zaxira: Humoyunshoh Sayitov, Asror Kenjayev, Izatillo Pulatov, Saidafzalhon Axrorov, Diyorbek Ortiqboyev, Shahzod Ne’matjonov, Shahriyor Jabborov, Zafar Hakimov, Umidjon Sultonov, Asad Jo‘raboyev, Sherzod Esanov, Rian Islamov.

Slovakiya U-20: 1.Filip Balaz, 3.Jakub Luka, 6.Martin Oravech, 7.Balint Chshoka, 10.Timotey Jambor, 11.Lukas Demitra, 13.Marek Ujlaki, 14.Mate Szolgai, 18.Nikolas Shikula, 19.Samuyel Kopasek, 20.Gabriyel Halabrin.
Zaxira: Adam Danko, Marek Michak, Adrian Lehotski, Filip Bobrovski, Marek Svech, Jakub Rakita, Branislav Spachil.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.