Superliga. "Bunyodkor" "Navbahor"ning 14 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi

Superliga. "Bunyodkor" "Navbahor"ning 14 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan \"Bunyodkor\" - \"Navbahor\" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
\"Qaldirg‘ochlar\" safida gollarga Ismonaliyev va Xakimov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning goli Yaxshiboyev nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, \"Bunyodkor\" ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi. Jamoa ayni payt 8-pog‘onadan joy egallagan.

\"Navbahor\" hisobida 37 ochko mavjud bo‘lib, klub 3-pog‘onani band etgan. Qayd etish lozim, \"lochinlar\" 14 o‘yindan beri Superligada yutqazmay kelayotgandi. Klub oxirgi marta 26 aprel sanasida Namanganda \"So‘g‘diyona\"ga imkoniyatni boy bergandi - 1:2.

\"Bunyodkor\" – \"Navbahor\" 2:1
Gollar
: Usmonali Ismonaliyev (Mahmud Mahamadjonov) 7, 1:0, Jasur Yaxshiboyev (Stanislav Andreyev) 42,1:1, Jasur Hakimov, 90 2:1

\"Bunyodkor\": 32.Suhrob Sultonov (s), 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 5.Jasurbek Yoqubov, 7.Akbar Ismatullayev, 8.Fransis Narx, 15.Jasurbek Hakimov, 22.Usmonali Ismonaliyev, 33.Umarali Rahmonaliyev, 38.Toxir To‘xtasinov (62.Abdulloh Omonaliye, 38), 45.Farhod O‘tkirov (99.Umid Sultonov, 58), 88.Jahongir O‘rozov.
Zaxira: 91.Zafar Safoyev, 10.Rasul Yo‘ldoshev, 11.Dmitriye Pobulich, 18.Pavel Mogilaves, 25.Muhammadsafo Fozilov, 37.Muhammadodil Qahramonov, 62.Abdulloh Omonaliyev, 90.Ulug‘bek Kenjayev.

\"Navbahor\": 1.O‘tkir Yusupov, 4.Boyan Siger, 6.Rustam Ashurmatov, 7.Azim Ahmedov ( 14.Jamshid Boltaboyev, 40)(s), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Jasur Yaxshiboyev, 17.Diyor Turopov (77.Asad Sobirjonov, 40), (20.Doniyor Abdumannopov, 68) 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreyev, 30.Aleksandr Kasyan (32.Zoran Marushich, 40).
Zaxira: 35.Rahim Davronov, 9.Vladimir Kozak, 19.Nurillo To‘xtasinov, 22.Igor Golban, 64.Muzaffar Mo‘minov.

Ogohlantirishlar: Akbar Ismatullayev (\"Bunyodkor\") 30, Mahmudjon Mahamadjonov (\"Bunyodkor\") 72, Ivan Boshkovich (\"Bunyodkor\" bosh murabbiyi) 90+6
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.