JCH-2022. O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasining 1/8 finaldagi raqibi ma’lum

JCH-2022. O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasining 1/8 finaldagi raqibi ma’lum
Turkiyada nogiron-amputantlar o‘rtasidagi 17-jahon chempionati guruh bosqich bahslari yakunlanmoqda.
Kolumbiya TJ “B” kvartetida 3-o‘rinni egallab, 1/8 finalda O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Kolumbiyaliklarning guruh o‘yinlaridagi natijalari:
Meksika – Kolumbiya 1:1
Yaponiya – Kolumbiya 3:1
Kolumbiya – Germaniya 3:0

O‘zbekiston – Kolumbiya o‘rtasidagi bahs g‘olibiga chorak finalda Eron hamda Italiya juftligida muvaffaqiyatga erishgan jamoa raqiblik qiladi. Rustam Mehmonov shogirdlari bungacha Eron bilan JCH saralashida to‘qnash kelib, 0:1 hisobida yutqazgandi. Forslar o‘z navbatida Braziliya, Marokash hamda Irlandiya joy olgan guruhda 7 ochko bilan birinchi bo‘ldi, italiyaliklar esa “F” kvartetida amaldagi chempion Angoladan keyin ikkinchi o‘rinni band etdi.

Eslatib o‘tamiz, 1/8 final uchrashuvlari 5 oktabrda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston ketma-ket uch marta 2007, 2010, 2012 jahon chempioni (rekord) bo‘lgan, shuningdek, 1990, 1991 yillarda ham titul sohibiga aylangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.