Nogiron-amputantlar o‘rtasidagi JCH-2022. Turkiya mundial chempionligini qo‘lga kiritdi

Nogiron-amputantlar o‘rtasidagi JCH-2022. Turkiya mundial chempionligini qo‘lga kiritdi
Turkiyadagi 17-jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Final “Galatasaroy” stadionida bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 4:1 hisobida Angolani taslim etib, ilk bor dunyoning eng yaxshi jamoasiga aylanishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya bungacha 4 marta bronza (ketma-ket 2007, 2010, 2012, 2014) medalini qo‘lga kiritgan va o‘tgan jahon chempionatida finalda Angolaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi. Yevro-2021 finalida esa Ispaniyani 6:0 hisobida yengib, qit’a birinchiligida bosh sovringa ega chiqqan.
Nogiron-amputantlar o‘rtasidagi JCH-2022. Turkiya mundial chempionligini qo‘lga kiritdi
Nogiron-amputantlar o‘rtasidagi JCH-2022. Turkiya mundial chempionligini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi esa Gaitini 4:2 hisobida yengib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Vakillarimiz bungacha 1990 (AQSH), 1991 ( O‘zbekiston), 2007 (Turkiya). 2010 (Argentina) hamda 2012 (Rossiya) yilgi jahon chempionatlarida oltin medallariga ega chiqishgan bo‘lsa, 1988 (kumush) va 2002 yilgi (bronza) mundialning sovrinli o‘rinlarni band etishgandi.
Nogiron-amputantlar o‘rtasidagi JCH-2022. Turkiya mundial chempionligini qo‘lga kiritdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.