O‘zbekiston terma jamoasi noyabrda Rossiya terma jamoasi bilan o‘ynashi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi noyabrda Rossiya terma jamoasi bilan o‘ynashi mumkin
Foto: O‘FA
O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi mumkin. Metaratings xabariga ko‘ra, terma jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini Toshkentning «Paxtakor» stadionida 20 noyabr sanasida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Ushbu uchrashuv o‘tkazilishi uchun muzokaralar bir necha oy davom etgan va yakunda ijobiy yakunlanmagandi. Biroq hozirda tomonlar kelishuvga erishishga yaqin.

Avvalroq Srechko Katanes shogirdlari 16 noyabr kuni Qozog‘iston bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi xabar qilingandi.

O‘zbekiston sentyabr oyida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari doirasida Kamerun ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan, Kosta-Rikaga qarshi bahsda esa 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.