Toshkentda "Zakovat-Gambit" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi

Toshkentda "Zakovat-Gambit" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
Toshkentda \"Zakovat-Gambit\" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev ma’lum qildi.

29-30 oktabr kunlari mukofot jamg‘armasi 600 mln so‘m bo‘lgan “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tdi. Turnir doirasida shaxmat mavzusidagi savollar bilan “Zakovat” o‘yini ham o‘tkaziladi.

A, B, C, D, E guruhlar final g‘oliblari:
(A) 1-o‘rin — Javohir Sindorov;
(A) 2-o‘rin — Jahongir Vohidov;
(A) 3-o‘rin — Muhiddin Madaminov.
(B) 1-o‘rin — Xumoyun Begmuratov;
(B) 2-o‘rin — Oleg Artyomenko;
(B) 3-o‘rin — Daler Vohidov.
(C) 1-o‘rin — Afruza Hamdamova;
(C) 2-o‘rin — Asrorjon Omonov;
(C) 3-o‘rin — Miraziz Kuziyev.
(D) 1-o‘rin — Islombek Sindorov;
(D) 2-o‘rin — Temur Shernazarov;
(D) 3-o‘rin — Akbarali Abduhakimov.
(E) 1-o‘rin — Madinabonu Halilova;
(E) 2-o‘rin — Abdumajid Botiraliyev;
(E) 3-o‘rin — Abdumalik Halilov.

Musobaqa g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva va O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov ham ishtirok etishdi.
Toshkentda "Zakovat-Gambit" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
Shaxmatchilarimiz bu yil orzuimiz tomon ulkan qadam qo‘ydilar – O‘zbekiston tarixda ilk marotaba shaxmat bo‘yicha yetakchi 20 davlat qatoriga kirdi! Hayratga loyiq tomoni shundaki, biz bunga yoshlarimiz, yosh grossmeysterlarimiz sababli erishdik. Bu g‘alabani butun dunyo kuzatdi, xalqaro shaxmat hamjamiyati yigit-qizlarimizni olqishladi. Bir paytlar eng kuchli shaxmatchilarni boshqa davlatlardan taklif qilardik. Endi esa, o‘zimiz jahonning eng oldi qatoridamiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Toshkentda "Zakovat-Gambit" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
Toshkentda "Zakovat-Gambit" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
G‘oliblarga: 1-o‘rin uchun 50 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 30 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 20 mln so‘m pul mukofotlari topshirildi.
Toshkentda "Zakovat-Gambit" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
Toshkentda "Zakovat-Gambit" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
Toshkentda "Zakovat-Gambit" xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.