Superkompyuter Chempionlar ligasi 1/8 finalida qaysi jamoalar to‘qnash kelishi borasida taxmin qildi

Superkompyuter Chempionlar ligasi 1/8 finalida qaysi jamoalar to‘qnash kelishi borasida taxmin qildi
Chorshanba kuni Chempionlar ligasining guruh bosqichi yakunlandi: pley-offda ishtirok etuvchi barcha 16 jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.

Turnirning navbatdagi bosqichiga qura tashlash marosimi 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 1/8 finalda bir mamlakat vakili yoki Chempionlar ligasi guruh bosqichida o‘ynagan klublar to‘qnash kelmaydi.

Birmingemda joylashgan \"SuperJohn\" superkompyuteri Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash natijalarini bashorat qildi.

Unga ko‘ra, mazkur bosqichda quyidagi jamoalar to‘qnash kelishi mumkin:

\"Napoli\" - PSJ
\"Real\" Madrid - \"Ayntraxt\"
\"Chelsi\" - \"Leypsig\"
\"Portu\" - \"Milan\"
\"Man Siti\" - \"Inter\"
\"Bavariya\" - \"Bryugge\"
\"Tottenxem\" - \"Borussiya\" Dortmund
\"Benfika\" - \"Liverpul\"

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinlari 14/15 hamda 21/22 fevral kunlariga, javob bahslari esa 7/8 va 14/15 mart kunlariga belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.