Rossiyalik taniqli murabbiy O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi haqida gapirdi

Rossiyalik taniqli murabbiy O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi haqida gapirdi
Rossiyalik taniqli murabbiy Valeriy Gazzayev Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

\"Rossiya o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishga majbur! Hozir jamoaga ko‘plab yosh futbolchilar taklif qilingan. O‘ylaymanki, biz qo‘limizdan kelgan barcha turdagi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishimiz kerak. Raqib kim ekanligi farqi yo‘q – Tojikiston bilanmi, O‘zbekiston bilanmi. Nazorat o‘yinini o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlardan maksimal tarzda foydalanishimiz kerak\", - dedi Gazzayev.

Rossiya terma jamoasi 20 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Qiziqarli bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.