Bobir Abdixoliqov jamoasi oxirgi turda "Dinamo"ga yutqazdi va mavsumni 2-o‘rinda yakunladi

Bobir Abdixoliqov jamoasi oxirgi turda "Dinamo"ga yutqazdi va mavsumni 2-o‘rinda yakunladi
Belarus Oliy ligasi so‘nggi, 30-turi doirasidagi \"Energetik-BGU\" – \"Dinamo\" Minsk uchrashuvi nihoyasiga yetdi.
Himoyachi Abduqodir Husanov va hujumchi Bobir Abdixoliqov harakatlanadigan \"Energetik-BGU\" o‘z uyida \"Dinamo\" Minskka mag‘lub bo‘ldi va mavsumni 2-o‘rinda tugatdi. Shu tariqa, minskliklar Yevropa Konferensiyalar Ligasi saralashida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, Bobir Abdixoliqov 26 ta gol bilan to‘purarlar orasida yaqqol yetakchi bo‘ldi.

Belarus chempionati. 30-tur

\"Energetik-BGU\" – \"Dinamo\" Minsk 1:3
Gollar
: Lavrik 80\' – Kislyak 46\', Yosipovich 56\', Baxar 62\'
\"Energetik-BGU\": Makavchik, Husanov, Lukashevich, Lavrik, Pashevich, Pliyev (Turich, 46), Svirepa, Silinskiy, Makushinskiy, Abdixoliqov, Papariga (Grishenko, 54)
\"Dinamo\" Minsk: Xatkevich, Kislyak, Shvetsov, Sachivko, Vakulich, Bikov, Kalinin, Grechixo, Baxar, Yosipovich, Konsevoy
Ogohlantirishlar: Makushinskiy (20), Silinskiy (41), Lavrik (70)

Yakuniy turnir jadvali

Bobir Abdixoliqov jamoasi oxirgi turda "Dinamo"ga yutqazdi va mavsumni 2-o‘rinda yakunladi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.